19:54 / 13.12.2015
4691

JARda o‘tayotgan dafn marosimi vaqtida olti kishini chaqmoq urib o‘ldirdi

JARdagi qabristonlardan birida o‘tayotgan dafn marosimi vaqtida bir guruh odamlarni chaqmoq urdi. Buning oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi jarohat oldi. Bu haqda SABC teleradiokompaniyasi ma'lum qilgan.

Voqea mamlakatning Sharqiy Kap viloyatidagi Nkaniya qishlog‘ida sodir bo‘lgan. "Dafn marosimiga kelgan odamlarni chaqmoq urdi. To‘rt nafari voqea joyida halok bo‘ldi, ikki nafari esa shifoxonada. Olti kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ularning salomatligi yaxshi”, — dedi sog‘liqni saqlash departamenti vakili Siyanda Manana.

Ma'lumot uchun, JARda har yili 100 nafar kishi chaqmoq urishi natijasida halok bo‘ladi. Bu ma'lumot Pretoriyada o‘tgan ilmiy anjuman vaqtida berib o‘tilgan.

Top