18:16 / 13.12.2015
2903

Kuvayt sudi masjiddagi teraktda ayblanib, o‘limga hukm qilinganlardan biriga jazoni bekor qildi

Kuvayt apellyatsiya sudi 2015 yilning iyunida Al-Kuvaytdagi imom Sodiq masjidida portlash uyushtirishda aybdor deb topilgan va o‘limga hukm qilinganlarning biridan bu jazoni soqit qildi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, bu teraktda ayblanib, o‘limga hukm qilingan 7 kishidan biriga nisbatan o‘lim jazosi bekor qilingan, unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Bu ish bo‘yicha sudga tortilganlardan 5 nafariga nisbatan ish to‘xtatib turilibdi, yana bir mahkumga nisbatan jazo o‘z kuchida qolgan.

Sentyabr oyida sud bu 7 nafar shaxsga o‘lim jazosini tayinlagandi.

Masjiddagi teraktga aloqadorligi uchun qo‘lga olingan yana sakkiz kishi 2 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muhlatlarda qamoq jazosi olgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 iyunida Kuvayt poytaxtidagi Es-Saber masjidida portlash sodir bo‘lib, 27 kishi halok bo‘lgan va 227 kishi jarohatlangandi.

Ma'lumot uchun, bu mamlakat aholisining 15-30 foizi shialar hisoblanadi. Bu esa boshqa arab mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Top