15:30 / 13.12.2015
2778

Leyptsigda politsiya va millatchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, kamida 50 kishi jabrlandi

Germaniya sharqidagi Leyptsig shahrida yuz bergan to‘qnashuv tufayli 50 nafardan ortiq politsiyachi va namoyishchilar jabr chekkan.

Ma'lum qilinishicha, radikal qarashlarga ega guruhlarning mingga yaqin vakillari Leyptsig ko‘chalariga chiqishgan. Bu vaqtda neofashistlarning 150 nafar a'zosi shahar bo‘ylab marsh uyushtirishgan.

Neofashistlarga qarshi kuchlar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv vaqtida namoyishchilar toshlar, shisha idishlar va petardalar uloqtirishgan. Politsiya esa ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.

Namoyish tarqatilib, 20 nafardan ortiq kishi hibsga olingan.

Ayni vaqtda Germaniyada qochqinlarning mamlakatga qabul qilinishi fonida irqchi guruhlarning faollashgani qayd etilgan.

Germaniyalik siyosatchilar mamlakat hududida qochqinlar miqdori ortishi ularga nisbatan nafratona kayfiyatning o‘sishi va bu nafrat qochqinlarni qabul qilish markazlariga uyushtiriladigan hujumlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Top