10:20 / 13.12.2015
2703

Livanda Bayrutdagi teraktlar tashkilotchisi qo‘lga olindi

Livan xavfsizlik kuchlari vakili 12 noyabrda Bayrut yaqinida portlashlar uyushtirgan, IShIDning qo‘poruvchi bo‘limi boshlig‘i, terrorchi Bilol al-Bakkarning qo‘lga olinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al-Manar nashri.

Imom Husayn shialar masjidi yonida amalga oshirilgan teraktlardan keyin o‘tkazilgan maxsus operatsiya doirasida 19 nafar xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi, terrorchilarning mamlakat shimolida “islom amirligi” yaratish bo‘yicha rejalari barbod qilindi.

Ma'lum qilinishicha, qo‘poruvchi guruhlardan biri Bayrut-Tripoli sohilbo‘yi yo‘lidan o‘tadigan tunnelni portlatishni rejalashtirgan. Agar bu terakt sodir etilganda shimoliy tumanlar kesib qo‘yilishi mumkin edi.

Avvalroq Livan tashqi ishlar vaziri Jabron Bosil Bayrut terrorchilikka qarshi kurashda Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilishi ehtimoli borligini aytgandi.

Top