22:31 / 13.12.2015
9222

Qozog‘iston prezidenti korrupsiya haqida: sovg‘ani istaysanmi – sotib ol

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat kanallariga bergan intervyusi efirida sobiq yuqori lavozimli mansabdorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarga izoh berib o‘tdi.

Korrupsiya haqida so‘z ketganda, jurnalistlar Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetov, “Astana EKSPO” milliy kompaniyasining sobiq rahbari Talgat Yermegiyayevga nisbatan ochilgan ishlar haqida eslab o‘tishdi.

“Davlat amaldorida biznes shug‘ullanishi kerak bo‘lgan ko‘plab ishlar bor. Ya'ni ruxsat beruvchi jarayonlar. Men yer sotib olish uchun ruxsat olgani kelaman. Sen paysalga solaverasan va odam, ehtimol, imzoni olish uchun pul berish kerakligini tushunib, uni beradi. Biz bu haqda gapirganda, doimo shunday deyman:

“Nimaga berasizlar?” Pora oluvchi, pora beruvchi bor, nimaga odamlar buni ko‘rib turib, ma'lumot berishmaydi? Aytish mumkinki, qo‘rqishadi. Shuning uchun biz bu haqda yashirincha xabar berishga kelishib olganmiz. Toki bizning butun xalq bunga qarshi kurashmas ekan, biz natijaga erisha olmaymiz”, deb aytdi Nazarboyev.

“Sen ikki odamni aytding, Pavlodar, Otirau akimi, sobiq sog‘liqni saqlash, ekologiya vazirlari-chi? Biz qonun oldida hamma barobar deymiz. Men korrupsiyaga qarshi yangi qonunni imzoladim. Biz bunda jahon tajribasini oldik, sovg‘alargacha ba'zi narsalarni aniqlashtirib oldik. Agar sovg‘a olmoqchi bo‘lsang, to‘lab qo‘y, bu sovg‘ani sotib ol, aks holda davlatga topshir. Albatta, kimdir berkitishi mumkin, biroq u qil ustida turadi”, deb aytdi Nazarboyev.

Nazarboyevning aytishicha, elektron hukumat korruptsiogen vaziyatlarning oldini olishi mumkin.

Top