09:35 / 13.12.2015
12666

Roy Jons Rossiya bayrog‘i ostida o‘tkazgan ilk jangida nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi

Shu yilning kuzida Rossiya fuqaroligini qabul qilgan amerikalik mashhur bokschi Roy Jons o‘zining navbatdagi jangini, (Rossiya bayrog‘i ostida ilk janggi - tahririyat izohi) 12 dekabr kuni Moskva shahrida o‘tkazdi. Uning raqibi birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq WBO yo‘nalishi chempioni britaniyalik 35 yoshli Entso Makkarinelli bo‘ldi.

Moskvadagi «VTB Ledovyy dvorets» sport arenasida o‘tkazilgan jangning to‘rtinchi raundidayoq Roy Jons nokautga uchradi.

"Yangi rossiyalik"ning ilk jangi tomoshasi uchun chiptalar narxi juda qimmat bo‘lganiga qaramasdan (narxlar 2000 rubldan boshlangan) rossiyaliklar arenani to‘ldirishgan. Lekin jang tez tugab qolgach va Jons mag‘lub bo‘lgach, ba'zi tashrif buyuruvchilar "Rossiya pasportini qaytarib berish"ni so‘rab qichqira boshlashgan.

Qayd etish kerakki, 35 yoshli britaniyalik bokschi 46 yoshli sobiq jahon chempionini polga qulatgach, u ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmagan. Unga hatto kislorod niqobi taqishga to‘g‘ri kelgan. Uni tibbiyot xodimlari ringdan zambilda olib chiqib ketishgan.

“Men hech qachon ushbu jang faoliyatimdagi so‘nggisi bo‘ladi, demaganman. Matbuotda shu haqida xabarlar paydo bo‘libdi. O‘zimni qanday his qilishimga qarab yakuniy qarorni qabul qilaman. 12 dekabr kungi jangda g‘alaba qozona olmagan taqdirimda ham, agar o‘zimni yaxshi his qilsam, katta boksdan ketmayman”, — degan edi Roy Jons jangdan oldinroq.

Top