11:30 / 13.12.2015
2645

Voronej viloyatidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosida chiqqan yong‘in tufayli halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi

Voronej viloyatida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida chiqqan yong‘in tufayli halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetgan. Qutqaruvchilar u yerdan oxirgi ikki bemorni topishgan. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ammo shunga qaramay, Rossiya FVV hududiy markazi vakilining ma'lum qilishicha, “halok bo‘lganlar soni 22 kishi, yana bir kishi qidirilyapti”.

Viloyat klinik markazi vakilining ma'lum qilinishicha, oxirgi topilgan ikki kishi Voronejdagi shifoxonaga jo‘natilgan.

“Ayni damda 23 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikki nafari Voronejdagi shifoxonada, bir nafari kuyish markazida, yana bir nafari esa jonlantirish bo‘limida”, — dedi vakil. Uning ta'kidlashicha, so‘nggi topilgan ikki bemor kuyishdan qattiq jabrlangan.

Top