17:27 / 14.12.2015
2816

2015 yili jahonda 128 jurnalist halok bo‘ldi

2015 yil davomida jahonning 31 mamlakatida jami 128 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu ma'lumotlar Press Emblem Campaign kompaniyasining 14 dekabr kuni Jyenevada chop etilgan hisobotida aks etdi.

Eng ko‘p qurbonlar Suriyada kuzatildi – 11 kishi; undan keyingi o‘rinda Iroq va Meksika turibdi – ularning har birida 10 nafardan jurnalist o‘ldirilgan. Fransiya, Liviya, Filippinda 8, Braziliya, Hindiston, Janubiy Sudan va Yamanda 7 nafardan, Pokiston va Somalida 6, Gondurasda 5 nafardan jurnalist o‘ldirildi. Ukraina va Kolumbiyada 4 jurnalist halok bo‘ldi. 16-o‘rinda Gvatemala (3), 17-o‘rinda Afg‘oniston va AQSh (2).

Tadqiqotda qayd qilinishicha, jurnalistlar uchun eng xavfli mintaqa bo‘lib Yaqin Sharq qolmoqda: u yerda 2015 yili jami 28 jurnalist halok bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinda Lotin Amerikasi (31), Afrika (18) va Yevropa (13) turibdi.

2006 yildan buyon dunyo bo‘ylab jami 1 177 nafar jurnalist o‘ldirildi. O‘tgan to‘rt yil ichida ko‘rsatkichlar 134 nafarga yetdi. Oxirgi besh yil ichida Suriyaning o‘zida 86 jurnalist zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda Pokiston (55), Iroq va Meksika (46) turibdi.

Top