14:45 / 14.12.2015
5040

Erdo‘g‘on Isroil bilan munosabatlarning yaxshilanishiga umid bildirmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Uning qayd etishicha, bundan birinchi navbatda Yaqin Sharq naf ko‘radi. “Mintaqa mazkur munosabatlarning tiklanishidan ko‘plab narsalarni qo‘lga kiritadi”, - dedi prezident.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlarning yaxshilanishi Isroilning Falastinga nisbatan keskin siyosati yumshagan taqdirda amalga oshadi.

Bundan avvalroq esa Erdo‘g‘on Isroilni tizimli ravishda falastinliklarni genotsid qilayotganlikda ayblagan edi.

Top