13:53 / 14.12.2015
2545

Filippinda tayfun tufayli 700 ming kishi evakuatsiya qilindi

Filippin rasmiylari “Melor” tayfuni tufayli mamlakatning qirg‘oq hududlaridan 700 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy favqulodda xizmatlarning ma'lumot berishicha, Albay viloyatidan 600 ming kishi kuchli yog‘ingarchilik va jala ko‘chki xavfini keltirib chiqargani tufayli evakuatsiya qilingan. Bu mintaqada Mayon vulqonining joylashganini vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Legaspi shahri yaqinida baland to‘lqinlar qayd qilingan. U yerdan aholi armiya yuk mashinalarida olib chiqib ketilgan.

Yana 130 ming kishi qo‘shni Sorsogon viloyatidan ko‘chirilgan.

Top