10:44 / 15.12.2015
2474

2015 yilda 2893 nafar urush va mehnat fronti faxriysi mobil telefon apparati bilan bepul ta'minlandi

2015 yilda 2893 nafar urush va mehnat fronti faxriysi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan jami 317,0 mln.so‘mlik mobil telefon apparatlari bilan bepul ta'minlandi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Kun.uz` saytiga taqdim etgan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturining 2015 yil yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotida so‘z boradi.

Ma'lumotda keltirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “O‘zeltexsanoat” AKtomonidan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini televizor va telefon bilan ta'minlash maqsadida homiylar ro‘yxatlari shakllantirilib, televizor va telefonlar tarqatildi.

Jumladan, “Mahalla” fondi hamda xomiylar hisobidan 2192 nafar urush va mehnat fronti faxriylariga raqamli va analogli signallarni qabul qiladigan televizorlar taqdim etildi.
Barcha mobil operatorlari tomonidan mahalliy va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun bepul limitli xizmatlar va tarif rejalari ishlab chiqilib, tadbiq etildi.

Dasturda belgilanganidek, 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga oylik abonent to‘lovi undirmasdan har oyda 60 daqiqa miqdorida chiquvchi mahalliy va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun bepul limit berilmoqda.

Top