18:11 / 15.12.2015
3961

Armanistonda umrbod qamalgan 28 mahbus ochlik e'lon qildi

Yerevanning “Nubarashen” qamoqxonasida umrbod qamalgan 28 mahbus ochlik e'lon qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aktsiya ishtirokchilari ularning ishlari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. Tegishli murojaat prezident Serj Sargsyanga va adliya vaziriga yuborilgan.

Aytilishcha, javob xatida vazirlik bu borada ish olib borilayotganini xabar qilgan.

Top