08:52 / 15.12.2015
3343

Chjenchjouda ShHT a'zolarining hukumat rahbarlari kengashi majlisi boshlandi

Xitoyning Chjyenchjou shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining 14-majlisi ish boshladi. Unga Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan rahbarlik qilmoqda. Majlisda O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov Xitoyga yetib borgan.

Majlis dastlab tashkilot vakkillarining tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. So‘ng ShHTdagi kuzatuvchi davlatlar delagatsiyalari (Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston vakillari, shuningdek, ShHT ishchi organlari - Kotibiyat, MATT ijroiy qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi, qator xalqaro va mintaqaviy tashkilot va forumlar – BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, MDH, ASEAN va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning rahbarlari) ishtirokida kengaytirilgan majlis boshlangan.

Majlisda ShHTga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish jarayonini hamda tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi. Yakunda bir qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Xitoydagi bu yig‘ilishda Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev, Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda ham ishtirok etishmoqda.

Majlisda shuningdek, tashkilot a'zolarining yo‘l-transport va energetika sohalarida hamkorlik yuzasidan fikrlar almashinadi. Shuningdek, 2016 yilda ShHT a'zolari bo‘lgan davlatlarning Moliya vazirlari hamda markaziy banklari rahbarlari uchrashuvini o‘tkazish rejasi muhokama qilinadi.

Top