09:33 / 15.12.2015
3200

Eron Rossiyaga 10 tonna boyitilgan uran sotishni rejalashtirmoqda

MAGATE boshqaruv kengashining rezolyutsiyasi qabul qilinishi bilan Eron Rossiyaga 10 tonna boyitilgan uran sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi IRNA agentligi.

“Bugun Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchi MAGATE boshqaruv kengashining rezolyutsiyasi qabul qilinishi bilan Eron Rossiyaga 10 tonna boyitilgan uran sotish va 140 tonna uran rudasiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda”, - deyiladi agentlik xabarida.

Bundan avvalroq esa Eron yadroviy shartnomani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagani haqida xabar qilingan edi. Eronning atom energetikasi bo‘yicha tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy bu boradagi dastlabki ishlar boshlanganini ma'lum qildi. 13 dekabr kuni u Tokioga tashrif buyurib, Yaponiya hukumati bilan yadroviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

Top