18:06 / 15.12.2015
3234

Monserrat Kabale yarim yilga qamaldi

Ispaniyalik opera kuychisi Monserrat Kabale firibgarlik uchun yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar beradi AVS nashri. Aytilishicha, 82 yoshli ayol hujjatlar bo‘yicha Andorrada yashab kelgan va Ispaniya soliq organlaridan chiqishlari evaziga olayotgan gonorarlarini berkitib kelgan.

15 dekabr kuni Barselonada o‘tgan sud eshituvlarida Kabale davlatga 255 ming yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, u yarim yil davomida davlat byudjyetidan nafaqa va subsidiyalar ololmaydi.

Qo‘shiqchining o‘zi sud eshitishida sog‘lig‘i holatidan ishtirok etmadi, ammo videoaloqa orqali o‘z aybini to‘liq tan oldi.

Top