16:31 / 15.12.2015
3342

Neymar klublar o‘rtasidagi JCh finalida ham o‘ynay olmasligi mumkin

"Barselona" hujumchisi Neymar jarohatdan tiklanish mashqlarini o‘tashda davom etmoqda.

Braziliyalik futbolchi jamoa bilan birga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yaponiyaga jo‘nab ketgandi. Ammo u dastlabki mashg‘ulotda ishtirok etmagan.

23 yoshli hujumchi mehmonxonada qolgan va basseyn hamda trenajyor zalida boshqa bir jarohatlangan futbolchi Duglas bilan birga mashq qilgan. Neymar musobaqa yarim finalida 17 dekabr kuni "Guanchjou"ga qarshi o‘ynay olmasligi aniq. Shu bilan birgalikda, kataloniyaliklar finalga chiqqan taqdirda ham Neymarning maydonga tushishi katta so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Bugun hal qiluvchi tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, Neymarning qachon o‘ynay boshlashi haqida aniq xabar qilinadi.

Top