14:16 / 15.12.2015
3266

OPeK neft narxining tushishi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi mumkin

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK), agarda 2016 yil fevralidan boshlab neft narxi oshishni boshlamasa, favqulodda yig‘ilish to‘plashi mumkin. Bu haqda Nigeriya neft vaziri va OPeK prezidenti Emmanuel Ibe Kachikvu bayonot berdi.

“Keyingi yil fevraliga qadar neft narxining o‘sishi tendensiyasi shakllanishi kutilmoqda. Ammo, agar bunday bo‘lmasa, OPeK favqulodda majlis o‘tkazishga majbur bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Top