12:06 / 15.12.2015
6988

OTB O‘zbekistonga 150 mln dollar kredit taqdim etdi

Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi 9 dekabr kuni O‘zbekistonga 150 mln dollar miqdorida kredit taqdim etilishi haqidagi qarorni ma'qulladi. Mablag‘ milliy avtomagistral qurilishiga qaratiladi.

OTB krediti bankning oddiy resurslaridan taqdim etilmoqda. O‘zbekiston hukumatining o‘zi loyiha ijrosiga 80 mln dollar ajratadi.
OTB ma'lumotlariga qaraganda, kredit mablag‘lari A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtoyo‘lining 87 km li 228-315 km uchastkasi rekonstruksiyasiga yo‘naltiriladi.

Bu OTBning milliy avtomagistral qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha 500 mln dollarlik multitransh moliyalashtirilishi doirasidagi uchinchi transhdir.
Eslatib o‘tamiz, multitransh moliyalashtirish dasturi OTB tomonidan 2011 yil sentabrida tasdiqlangan edi.

Top