18:29 / 15.12.2015
2403

Polsha Ukrainaga 1 mlrd yevro kredit taqdim etdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “112 Ukraina” telekanali efirida Polsha tomonidan 1 mlrd yevrolik kredit liniyasi ochilganini xabar qildi. Bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda bilan birgalikda o‘tkazilgan brifing chog‘ida aytildi.

Bundan tashqari, Polsha Ukraina biznesi va hukumat strukturalariga maslahat bilan yordam berishi ma'lum bo‘ldi.

Bu mablag‘ Ukrainaning ayrim kreditlarini va byudjyet taqchilligini yopishga sarflanishi aytilmoqda.

Top