16:22 / 15.12.2015
4668

Texaslik quvurchi uning reklamasi yopishtirilgan Ford IShID qo‘liga tushgani uchun dilerdan 1 mln dollar talab qilmoqda

Texasda istiqomat qiluvchi Mark Oberxoltser uning Ford F-250 pikapini avtomobildan uning suv quvurlari kompaniyasi reklamasini yechmagan holda sotib yuborgani uchun dilerlarni sudga berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

2013 yili Oberxoltser pikapni ishlatilgan avtomashinalar dileriga sotgan edi. Sotish oldidan u reklama materialini uzib tashlay boshladi, ammo avtodilerning xodimi mashina rangiga ziyon yetkazmaslik uchun bu ishni qilmaslikni so‘ragandi. Sotilish oldidan reklama olib tashlanishi ham va'da qilingan edi.
Shundan so‘ng avtomobil Turkiyaga sotib yuborilgan. Ikki yildan so‘ng chop etilgan fotosuratlarda IShID terrorchilari Oberxoltserning kompaniyasi reklama qilinayotgan mashinada turib o‘t ochayotgani aks etdi.

Texaslik ishbilarmonga AQShning turli burchaklaridan minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. “Bu qo‘ng‘iroqlarning aksariyati haqorat ruhida bo‘lib, ular orasida tahdidlar ham bor edi”, - tan oladi Oberxoltser sud da'vosida.
U dilerdan ko‘rgan zararlarini qoplash uchun 1 mln dollar to‘lashni talab qilmoqda.

Top