21:19 / 15.12.2015
2716

Tojikistonda ilk marta million tonna ko‘mir qazib olindi

Yil boshidan 12 dekabrga qadar Tojikistonda million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu haqda Respublika sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lum qilgan.

Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichiga qaraganda 130 ming tonnaga ko‘pdir. Vazirlikda qayd etilishicha, ayni paytda respublikada har kuni 3 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilmoqda.

Ko‘mir qazib olish korxonalarida o‘tgan yilda 153 ming tonna ko‘mir ortib qolgan. Vazirlikning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda respublikada 208 ta korxona ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalanadi.

Top