13:36 / 15.12.2015
4470

Yangi Zelandiyaning yangi taxminiy bayrog‘i dizayni ma'lum bo‘ldi

Yangi Zelandiyaning yangi taxminiy bayrog‘i dizayni ma'lum bo‘ldi, deb yozmoqda Associated Press.

Dizayn “Kumush qirqquloq” deb nomlangan bo‘lib, u Kayl Lokvud tomonidan yaratilgan.

Bu bayroq to‘rt xil ko‘rinishdagi dizayn orasidan tanlab olindi. To‘rt ko‘rinishdagi bayroqlarning 3 tasida qirqquloq aks etgan bo‘lsa, qolgan bittasida tsiatei qo‘zog‘i tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida mamlakat aholisi o‘rtasida ovoz berish bo‘lib o‘tgan va unda yangi va eski bayroqlardan biri tanlanishi kerak edi.

Top