23:51 / 16.12.2015
3887

Bloomberg: Turkiya Rossiya bilan ixtilof sababli Isroildan gaz olishni qayta boshlamoqchi

Turkiya va Isroil o‘rtasidagi muzokaralar Turkiyaning Rossiya gazidan o‘z bog‘liqligini kamaytirishga intilishi ortida yangi impuls oldi, deb Turkiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda yozmoqda Bloomberg agentligi. Turkiyaning Isroil bilan munosabatlarining normallashishi Isroildan gaz import qilishni boshlashga imkon beradi.

Bundan tashqari, Turkiya Kiprning grek va turk jamoatlari bilan yagona davlat tuzish haqida muzokaralar olib bormoqda. “Kelajakda Anqara Kipr va Isroildan gaz olishni rejalashtirmoqda, bu Turkiyaga gaz yetkazib berilishini o‘zgartirishga va mamlakatni Sharq va G‘arb o‘rtasidagi energetik bo‘g‘inga aylantirishga yaqinlashtirishga imkon beradi”, deb aytilmoqda xabarda.

Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz 2010 yil mayida boshlangan. O‘shanda G‘azo sektori qamalini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan erkinlik flotiliyasidagi kemalar isroilliklar tomonidan ushlanganda 9 nafar turkiyalik falastinparast faol halok bo‘lgan.

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil yarashish istiqbollariga shubha bilan qaramoqda, Turkiya esa halok bo‘lganlarga tovon puli to‘lanishi evaziga G‘azo sektori qamaliga rozi bo‘lishi kerak.

Isroil hukumatidagi yashirin manbaning aytishicha, Isroil bosh vaziri Turkiyaga gaz quvuri olib borishning muqobil variantlarini qidirmoqda va yanvarda Kipr va Gretsiya rahbariyati bilan bu borada muzokaralar o‘tkazadi.

Top