08:26 / 16.12.2015
4689

BMTning yangi bosh kotibi ayol kishi bo‘lishi mumkin

Birlashgan millatlar tashkilotining yangi bosh kotibini aniqlash uchun saylovoldi kampaniyasi boshlandi.

BMTning amaldagi bosh kotibi, Janubiy Koreyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Pan Gi Mun 2016 yil oxirida o‘zining ikkinchi muddatini yakunlaydi va lavozimini tark etadi.
Har safar dunyoning turli hududlari vakillarini saylash an'anasiga ko‘ra, BMTning yangi bosh kotibi Sharqi Yevropa vakili bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, nomzodlar ro‘yxati BMT Xavfsizlik kengashi tarkibidagi 15 mamlakat vakillari (shulardan beshtasi Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh veto qo‘yish huquqiga ega) ishtirokida, yopiq eshiklar ortida rasmiylashtiradi.

BMT Xavfsizlik kengashining amaldagi prezidenti, AQSh elchsisi Samanta Pauer va Bosh Assableyaning prezidenti daniyalik Mogens Lyukketoft BMT a'zolariga bu jarayonning shaffofligini ta'minlovchi taklif bilan murojaat qilishgan.

Bundan tashqari, diplomatlar bu saylovda g‘olib bo‘lish uchun ayol nomzodlar ham teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta'minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi kiritilgan. Qayd etish kerakki, tashkilot tashkil etilgan 1945 yildan buyon faqat erkak nomzodlar saylanib kelinadi.

Nomzodlar yuqori darajadagi tashkilotchilik qobiliyati, xalqaro munosabatlar sohadagi ulkan tajriba hamda odamlar bilan munosabatlardagi ustomonlik xislatlariga ega bo‘lishlari kerak hisoblanadi.

Top