20:20 / 16.12.2015
13797

Ekspert: o‘zbek muhojirlari Rossiya o‘rniga BAA va Janubiy Koreyani ma'qul ko‘rishmoqda

Rossiya Sanoatchilar kengashining Xalqaro migratsion markazi bosh direktori Sergey Tkasukning fikriga ko‘ra Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat sababli mamlakatda mehnat qilayotgan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari qayta ixtisoslashib, ishlash uchun boshqa davlatlarni ma'qul ko‘rishmoqda.

“Ushbu mamlakatlar (Tojikiston va O‘zbekiston) Arab Amirliklari va Janubiy Koreyadagi mehnat migratsiyasiga ko‘proq ahamiyat qaratmoqda. Vaziyatning bunday tus olishiga u yerda ish haqlarini qattiq valyutada olishi, bu yerda esa rublda to‘lanishi sabab bo‘lmoqda”, - dedi ekspert Sputnik agentligiga bergan intervyusida.

Bundan avvalroq esa Rossiya Markaziy banki mamlakatdan Markaziy Osiyo davlatlariga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari hajmi 2015 yilning birinchi to‘qqiz oyida 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobarga kamayganini ma'lum qilgan edi. Tkachukning qayd etishicha, pul mablag‘larining yuborilishi hajmining kamayishi bo‘yicha muhojirlar sonining qisqarishi haqida qaror chiqarish mumkin, biroq valyutalar kursidagi tafovutlarni ham inobatga olish zarur.

Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda RF hududida 1,8 million o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.

Top