22:38 / 16.12.2015
6844

Yer yuzidagi eng qimmat bino 301 million dollarga sotildi

Parij yaqinida joylashgan bino rekord summaga — 301 million dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Shato Lui XIV deb nomlangan bino Yaqin sharqlik xaridor tomonidan sotib olingan.

Villa 23 gektar maydonni egallagan. U Versal va Marli-le-Rua oralig‘ida joylashgan. Cogemad quruvchi-kompaniyasining ma'lum qilishicha, uni qurishga uch yil vaqt sarflangan.

Binoda akvarium, kinoteatr va sharob saqlanadigan yerto‘la mavjud. Hovlida favvora qurilgan. Kelishuv Christie’s International Real Estate kompaniyasi ishtirokida amalga oshirildi. Bundan oldin, 2011 yilda rekord summaga sotilgan bino Londondagi pentxaus bo‘lib, u 221 million dollarga xarid qilingan edi.

Top