17:33 / 16.12.2015
7382

Interpol Markaziy Osiyoda kiberterrorchilikning rivojlanishidan xavotirda

Markaziy Osiyoda terrorchilik va radikalizm g‘oyalarining tarqalishida internet resurslari yangi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi bo‘lim boshlig‘i Azizxon Jahonov aytib o‘tdi.

“Globallashuv sharoitlarida barqarorlik, barqaror rivojlanishni va milliy xavfsizlikni ta'minlash” mavzuidagi forum 15-16 dekabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tdi.
“Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi hamda ulardan foydalanishning nisbatan osonligi, narxlarning arzonligi va boshqa ustunliklar terrorchilik hamda uning turi bo‘lmish kiberterrorchilik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi”, - Jahonovning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.

“Xalqaro ekspertlar mamlakatlardan chiqib ketib, terrorchilik aktlarida ishtirok etish uchun tegishli guruhlar tarkibiga qo‘shilayotgan odamlar sonining o‘sib borayotganidan jiddiy xavotirda”, - ta'kidlab o‘tdi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner.

Top