19:57 / 16.12.2015
3908

Qozog‘istonlik 9 yoshli o‘quvchi yonayotgan uydagi uch bolaning hayotini saqlab qolgani uchun taqdirlandi

Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Bozanbay qishlog‘ida yashovchi 9 yoshli maktab o‘quvchisi Shingis Yestay yonayotgan uydan uch bolaning hayotini qutqarib qolgani uchun taqdirlandi, deya xabar bermoqda Qozog‘iston IIVning favqulodda holatlar bo‘yicha qo‘mitasi.

Shingis Yestay olov ichidagi ikki aka-uka va ularning singlisini qutqarganiga rosa bir yil to‘ldi. Uning jasorati haqida faqatgina qishlog‘i emas, barki butun respublika aholisi boxabar bo‘ldi.

Mamlakat Ichki ishlar vaziri qaroriga ko‘ra 9 yoshli Shingis Yestay “Tөtenshe jag‘daydag‘y yerlіgі үshіn” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hodisa 2014 yilning 10 dekabr kuni Bozanbay qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan edi. To‘rt bola uyda yolg‘iz qolishgan. Kattalar tashqari sovuqligi sababli eshikni tashqaridan qulflab ketishgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib Yestay xonalardan birida tutunni payqaydi. Katta aka sarosimaga tushmasdan oynani sindirib, ukalarining hayotini saqlab qoladi.

Top