08:42 / 16.12.2015
2982

Shimoliy Koreya 36 yil ichida birinchi marta o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Mehnat partiyasi s'yezdini yarim yilga qoldirdi

Shimoliy Koreya hukmron Mehnat partiyasining yettinchi s'yezdi o‘tkazilishini 2016 yil 10 oktabrigacha qoldirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Renxap” axborot agentligi ma'lum qildi.

Sananing o‘zgartirilishi haqida mamlakat prezidenti Kim Chen In navbatdagi baliq zavodiga tashrif buyurgani haqidagi xabardan ma'lum bo‘ldi. Bungacha rasmiy OAVlar s'yezd 2016 yil mayida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandilar. Sananing o‘zgartirilishi sabablari keltirmadi.

Partiyaning bundan avvalgi 6-s'yezdi 1980 yilda bo‘lib o‘tgandi va unda “yetti yillik” reja qabul qilingandi, o‘shandan keyin to shu kungacha, ya'ni 36 yil ichida biror marta ham boshqa s'yezd o‘tkazilmagan.

Avvalroq Shimoliy Koreyada 25 yil ichida birinchi marta moliyaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tgani ma'lum qilingandi, unda Kim Chen In moliya tizimi faoliyatida keskin choralar ko‘rilishi kerakligini aytib o‘tgandi.

Top