14:45 / 16.12.2015
37857

Yilning eng dolzarb fotosuratlari (1-qism)

2015 yil yakunlanib borayotgan ekan, ommaviy axborot vositalari qizg‘in va muhim voqealarga boy bo‘lgan mazkur davrga turli usullarda xulosa yasashga urinmoqda. Biz ham yil yakunlarini aks ettiradigan 36 fotosuratdan iborat jamlanmani o‘quvchilarimizga taqdim etishga qaror qildik. Undan bir yil davomida dunyoda bo‘lgan voqea-hodisalarni aks ettiruvchi suratlar o‘rin oldi.

Turkiya qirg‘oqlarida 5 yoshli akasi va onasi bilan suvga g‘arq bo‘lgan 3 yoshli suriyalik qochqin Aylon Kurdiy dunyoni halokatli girdobiga tortib ketgan muhojirlar fojiasining chinakam timsoliga aylandi

“Kogalimavia” aviakompaniyasining 9268 Sharm ash-Shayx - Sankt-Peterburg reysini amalga oshirayotgan Airbus A321 samolyoti qoldiqlari

2015 yil 28 sentabr. AQSh va Rossiya prezidentlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida

Suriyaning Xaseke shahri yaqinidagi Rasulayn qishlog‘idagi otishmadan qochib bir guruh suriyaliklar Turkiyaning Shonliurfa viloyati Aqchaqal'a tumani chegarasida to‘plandi

13 noyabr kuni Parijda Fransiya tarixidagi eng qonli teraktlar amalga oshirilishi munosabati bilan motam ramzi o‘laroq Eyfel minorasi milliy bayroq ranglariga kirdi

Falastinliklarning Masjid al-Aqsoga kirishiga qo‘yilgan taqiq munosabati bilan Isroil politsiyasi musulmonlarga nisbatan kuch ishlatdi

Turkiyaning Xatay viloyatida Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhiga tegishli harbiy samolyot urib tushirildi

Srebrenitsa genotsidining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan motam marosimiga Potochari yodgorlik mozoriga tashrif buyurgan Serbiya bosh vazir Aleksandr Vuchichga to‘plangan fuqarolar o‘z noroziliklarini bildirdi

Shimoliy Sumatra viloyatining markazi Medanda Indoneziya havo kuchlariga oid samolyot shahar markazidagi bino ustiga quladi

Serbiyadan Vengriyaga kirib kelgan qochqinlar politsiya tomonidan kutib olindi

Myanmadan qochgan rohinya musulmonlari va bangladeshlik qochqinlarning o‘z qayiqlarida Indoneziya qirg‘oqlariga yetib kelishi bilan ular Kuala Langsa baliqchilar qishlog‘ida joylashtirildi

Serbiyadan Vengriyaga kelib, Ryozke yaqinida to‘xtatilgan qochqinlar

Pokistonning Gujranvala viloyatida ko‘prik ustidan o‘tayotgan poyezd suvga quladi

Nablus shahri yaqinidagi Kafr Qaddum qishlog‘i yerlarining ekspropriatsiya qilinishiga norozilik bildirgan falastinliklar Isroil maxsus kuchlari otryadiga qarshi tosh qo‘lladi

JARning Durban shahrida 6 kishini hayotdan olib ketgan milliy nizolar poytaxt Yoxannesburgda ham aks-sado berdi

Makkada shiddatli shamol ko‘tarilib, qurilish kranining ziyoratchilar boshiga qulashi yilning eng katta fojialaridan bo‘ldi

Peru poytaxti Limada yangi mehnat huquqlari kodeksidan norozi bo‘lgan yuzlab yoshlar ko‘chalarni to‘ldirdi

Dunyoning eng keksa monarxi, Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh bin Abdulazizning janoza namozi ar-Riyodda o‘qildi

Rim papasi Frantsiskni Kuba xalqi kutib oldi

Suriyada birinchi qor tushdi

Ramallah yaqinidagi Belt El nazorat nuqtasida isyonchilarga qarshi qalampirli aerozol qo‘llagan Isroil qo‘shinlari falastinliklarning toshlariga duch kelishdi

4 oy mobaynida IShID va kurd ko‘ngillilari o‘rtasidagi janglar obekti bo‘lgan Kobani shahri normal hayotga qaytmoqda

Istanbulning faxri Ayo Sufiyo ibodatxonasi qorga burkandi

Indoneziyaning Sinabung vulqonining otilishi Shimoliy Sumatraning Karo shahri yaqinidagi Surbakti qishlog‘idan ko‘rindi

Ispaniyada o‘tkazilgan 38-Madrid marafoniga 31 ming kishi qo‘shildi

BMTning YUNISEF jamg‘armasi va Janubiy Sudandagi qurolli guruhlar o‘rtasidagi kelishuv asosida 300 bola majburiy askarlikdan ozod etildi

Venesuela poytaxti Karakasda muxolif talabalar Yoshlar kuni munosabati bilan aksiya uyushtirdi

Fransiyaning Sharlie Hebdo jurnali tahririyatiga uyushtirilgan, 12 kishini hayotdan olib ketgan hujumga qarshi Nyu-Yorkda norozilik namoyishi o‘tkazildi

Turkiya din ishlari vaziri Mehmet Go‘rmaz Masjid al-Aqsoda minglab musulmonlarga imomlik qildi

AQShda 2001 yil 11 sentabr fojiasi qurbonlari yodga olindi

Fransiya prezidenti Fransua Olland AQSh davlat kotibi Jon Kerrini Yelisey saroyida qabul qildi

G20ga a'zo davlatlar yetakchilarining bu yilgi sammiti Turkiyaning Antalya shahrida o‘tdi

Ukraina sharqidagi ayirmachilarga qarshi operatsiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan “Aydar” bataloni ko‘ngillilari rezinali ballonlarni yoqib yuborishdi

Russia Arms Expo 10-xalqaro ko‘rgazmasi chog‘ida T-90A tanki namoyish etildi

Bayram mushakbozligi

National Geographic versiyasi bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi fotosuratlaridan biri

Eldor Asanov tayyorladi

Top