09:29 / 17.12.2015
2555

AQSh Federal zaxira tizimi tayanch foiz stavkasini 0,25-0,5 foizga ko‘tardi

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tayanch foiz stavkasini ko‘tarish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

AQSh FZTning ochiq bozorlar bo‘yicha komissiyasi navbatdagi yig‘ilish natijalariga ko‘ra tayanch foiz stavkasini 0-0,25 foizlik rekord past darajadan 0,25 foizga ko‘tardi. Shu tariqa, ayni paytda tayanch foiz stavkasi koridori 0,25-0,5 foizni tashkil qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, oxirgi marta foiz stavkasi 2006 yilda oshirilgan.

AQSh fond birjasi stavkaning oshirilishini e'tiboriz qoldirmadi. FZT qarorini kutish davomida Dow Jones indeksi 57 punktga, NASDAQ esa 10 punktga mustahkamlandi.

Top