09:16 / 17.12.2015
3818

"Chelsi"ni mavsum yakunigacha Xiddink, yangi mavsumda Simeone boshqarishi mumkin

"Chelsi" rahbariyati yaqin vaqt ichida bosh murabbiy Joze Mourinoni iste'foga chiqargan taqdirida, jamoani yil oxiriga qadar vaqtinchalik murabbiy boshqarib turadi.

Xabar qilinishicha, Gus Xiddink bu borada asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Mavsum yakuniga yetgach esa, "Chelsi" "Atletiko"ning argentinalik bosh murabbiyi Diyego Simeoneni taklif qilmoqchi.

"Chelsi" rahbariyati Mourinoni iste'foga chiqarish masalasini muhokama qilgan, lekin hali yakuniy qaror aytilmagan.

Ma'lumot uchun, uning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yil amal qiladi, haftalik maoshi esa 340 ming yevroni tashkil qiladi.

Top