14:35 / 17.12.2015
3402

Messi buyragida tosh borligi tufayli klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalini o‘tkazib yuboradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubiga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchining buyragida tosh borligi sababli og‘riq sezgan va mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Tez orada futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasi g‘olib «Guanchjou Evergrand»ga qarshi uchrashuvda shuningdek braziliyalik Neymar ham jarohati bois ishtirok eta olmaydi.

Top