15:16 / 17.12.2015
7215

OAV: Rossiya telekanallari Qozog‘istondan chiqib ketishi mumkin

2015 yil oktabrida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolangan “Teleradiouzatish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar munosabati bilan Rossiya telekanallari bu davlatdagi faoliyatlarini to‘xtatishi mumkin. “Kommersant'” gazetasining yozishicha, Rossiya rasmiylari va telekanallar vakillari Qozog‘iston mutasaddilari bilan qoidalarni yumshatish borasida muzokaralar olib bormoqda.

O‘zgartishlar 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Ular xorijiy kanallarda reklama joylashtirishni taqiqlaydi, bu esa amalda Rossiyaning ko‘pchilik telekanallarining retrnaslyatsiyasiga imkon qoldirmaydi. Bundan tashqari, 2017 yilning 1 yanvaridan barcha xorijiy telekanallar Qozog‘iston hududida o‘z vakolatxonasini ochishiga to‘g‘ri keladi, chet el davlat strukturalariga uyg‘unlashtirilganlari esa Qozog‘iston vakolatxonasi ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘iga ega bo‘lolmaydi.

Ayni paytda Qozog‘istonda chet el kanallariga taqiq ishlamoqda, shu bois Rossiya telekanallari o‘zlarining xorijiy dasturlarini kabel tarmoqlari orqali tarqatmoqda. Bunday tizim bo‘yicha “Pervyy kanal”, VGTRK (“Rossiya 24”, “Rossiya K”, “RTR-Planeta”), NTV, Russia Today va ReN TV ishlamoqda.
Rossiya telekanallari vakillari Nazarboyevga xat yo‘llab, ularning biznesini “yo‘q qilayotgan” o‘zgartishlarni yumshatishni iltimos qilmoqda.

Ular reklamani efirdan kesib olish xarajatlaridan xonavayron bo‘lishlarini, lekin shunda ham reklamadan butunlay qutulib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda.
Rossiya telekanallaridan tashqari, Qozog‘istonda Discovery, Viacom va Fox kanallari ham ishlamoqda. Ular ham reklamani bunday qisqa muddatda uzib tashlay olmaydi, negaki Qozog‘iston bilan paytda dasturlar boshqa davlatlarga ham uzatiladi.

Top