09:02 / 17.12.2015
1866

Obama 22 dekabrgacha vaqtinchalik byudjyet moliyalashtirishi haqidagi qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti Barak Obama 22 dekabrgacha byudjyet moliyalashtirishini tartibga soluvchi, avvalroq kongress tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini imzoladi, deb keltirmoqda Oq uyning tegishli bayonotini Reuters axborot agentligi.

Agar Obama bu qonun loyihasini imzolamaganda, unda AQShning barcha federal muassasalari moliyalashtirish yo‘qligi sababli vaqtinchalik yopilgan bo‘lardi. Muddatning 6 kunga surilishi muzokaralar o‘tkazishga va 1,15 trln dollarlik federal dasturlar byudjyeti bo‘yicha kelishuvga erishishga imkon beradi.

Bu vaqtinchalik moliyalashtirishning birinchi marta uzaytirilishi emas. 2015 yil dekabrda AQSh senati federal hukumat faoliyatini 16 dekabrgacha vaqtinchalik moliyalashtirilishi uchun ovoz bergandi.

Top