23:48 / 17.12.2015
7979

Stoltenberg: Putin rus qo‘shinining Ukraina sharqida mavjudligini shaxsan o‘zi tan oldi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinining Ukraina sharqida mavjudligini tan olganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

“Rossiya prezidenti bugun Ukraina sharqida harbiy muammolarni hal etuvchi aniq odamlar borligini o‘zi tan oldi. Biz o‘sha odamlarni “harbiylar” deb ataymiz”, — deb ta'kidladi Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun Rossiyada Minsk kelishuvini bajarish mas'uliyati yuklangan.

Top