00:36 / 17.12.2015
5561

Tojikistonda bolalar o‘rtasidagi o‘limning uchdan biri to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida yuz bergan

Tojikistonda bolalar o‘rtasidagi o‘limning 34,9 foizi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida yuz bergan. Bu haqda jurnalistlarga Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Tojikistondagi doimiy vakili Si Si Yu Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

“Bu ma'lumotlar qanchalik aniqligini bilmayman, biroq oziq-ovqat xavfsizligi masalalari borasida xavotirlanish uchun ularga e'tibor qaratish yetarlidir”, deb aytdi Si Yu.

Si Yu OTB yaqin uch yil ichida Tojikistonda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bilan bog‘liq ikkita loyihani moliyalashtirishni rejalashtirayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Xususan, suv zaxiralarini boshqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bank vakilining aytishicha, bu loyihaning qismlaridan biri irrigatsiya tizimlarining yaxshilanishi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2017 yilga oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan loyiha rejalashtirilgan. “Ayni paytda biz ish olib boradigan aniq yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha muayyan tadqiqotlar o‘tkazmoqdamiz. Ehtimol, bu loyihaning tashkil etuvchilari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni taqsimlash bo‘ladi”, deb aytdi Si Yu.

Top