12:05 / 17.12.2015
25829

Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi (video)

Bugun, 17 dekabr kuni Toshkent markazida, Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zolari ma'lum qilishdi.

E'lon qilingan foto va video lavhalarga qoldirilgan izohlardan ko‘rish mumkinki, yong‘in 7:30—7:45 atrofida yuzaga kelgan. Tarmoq foydalanuvchilari hodisa joyiga o‘t o‘chirish xizmati vakillari 10 daqiqa ichida yetib kelib, olovni zudlik bilan bartaraf etganini ma'lum qilishdi.

Bu paytda Alisher Navoiy ko‘chasida avtomobillar harakat davom etgan.
Mazkur hodisa so‘nggi 3 yil ichida 13- marotaba sodir bo‘lmoqda. Bundan avval esa Toshkent shahrida 2013 yilning mart va iyun oylari, 2014 yilning 5 may, 24 iyun, 14 iyul, 1 dekabr, 15 dekabr kunlari, 2015 yilning 18 mart, 30 aprel, 15 may, 29 may, 20 iyul kunlari Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketgan edi.

Top