14:34 / 17.12.2015
2904

Xitoyga bir yil ichida qochib ketgan 850 poraxo‘r qaytarildi

2015 yili “Samoviy tarmoq” aksilkorrupsiya kampaniyasining boshlanishidan buyon qochib ketgan 850 nafar poraxo‘r va korruptsioner Xitoyga majburan ekstraditsiya qilindi yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra qaytib keldi. Bu haqda XXR korrupsiyaga qarshi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining korruptsionerlarni ushlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi rahbari Lyu Tszyanchao bayonot berdi.

“Samoviy tarmoq” kampaniyasi boshlanganidan buyon Xitoyga 850ga yaqin korruptsioner qaytarildi. Ulardan 150dan ortig‘i o‘zlari egallab turgan mansab bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan”, - dedi u maxsus brifingdagi chiqishida.
Amaldorning so‘zlariga qaraganda, gumondorlarning 40 foizidan ortig‘i majburiy ravishda mamlakatga qaytarilgan, yana shunchasi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qaytgan, qolgani esa “ayrim boshqa shartlar” asosida XXRga kelgan.

Skynet nomli ushbu kampaniya joriy yilning aprelida ishga tushirildi. Xitoy rahbariyati Interpolga korruptsion jinoyatda gumon qilinayotgan 100 shaxsning nomi keltirilgan ro‘yxatni taqdim etdi. Ular yuzasidan Interpol “qizil ogohnoma”lar chop etdi. Bunday hujjat tashkilotga a'zo davlatlarning huquq-tartibot organlaridan jinoyatchini topib, uni ekstraditsiya qilishni talab etadi.

Top