18:46 / 18.12.2015
3994

Aleksandr Kerjakov o‘ziga yangi jamoa topdi

Aleksandr Kerjakov 1 yanvardan "Tsyurix" jamoasi safida o‘ynay boshlaydi.

Rossiya terma jamoasiga nomzod hisoblanadigan "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kerjakov ijara asosida Shveytsariyaning "Tsyurix" jamoasida faoliyatini davom ettiradigan bo‘lgan.

U shveysariyaliklar bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzgan.

Qayd etish kerakki, joriy mavsum avvalida Kerjakov piterliklarning asosiy tarkibiga kira olmadi. U jamoa bosh murabbiyi Andre Villash Boash bilan kelisha olmay qolgandi.

Futbolchining o‘zi biroz oldinroq unga portugaliyalik murabbiy jamoa bazasida ko‘rinish bermaslik talabini qo‘ygani haqida aytib o‘tgandi.

Kerjakov Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi sanaladi. U Rossiya chempionatida 224ta, terma jamoa safida esa 30ta gol urish orqali bu nomga sazovor bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, "Tsyurix" jamoasi ayni vaqtda Shveytsariya chempionatidagi 10ta jamoa orasida to‘qqizinchi bo‘lib turibdi. Jamoaga sobiq futbolchi Sami Hyuyupya murabbiy hisoblanadi. "Tsyurix"ning yangi 2016 yildagi ilk o‘yini 6 fevral kuni ichki chempionat doirasida "Son" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

"Tsyurix"da yana bir rossiyalik yosh futbolchi Artem Simonyan ham to‘p suradi.

Top