06:40 / 18.12.2015
3065

AQShda san-bernardinolik o‘qchilarning do‘sti ushlandi

AQShda San-Bernardinodagi otishma ishi bo‘yicha otishmani uyushtirgan o‘qchilarning do‘sti ushlandi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times nashri.

24 yoshli Enrike Markes o‘qchilar Said Rizuan Faruq va Tashfen Malikning qo‘shnisi va do‘sti bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, Markes ikkita yarimavtomatik miltiq sotib olgan, aynan ulardan biridan jinoyatchilar otishma uyushtirgan.

Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shahrida 2 dekabrda imkoniyati cheklangan odamlar markazida otishma sodir bo‘lgan. Odamlarga hujum qilishda Said Rizuan Faruq va uning rafiqasi Tashfen Malik ishtirok etgan, ular jinoyatni amalga oshirishda “harbiy taktikadan foydalanishgan”. Otishma oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi yaralangan.

Top