19:05 / 18.12.2015
3281

"Bavariya" 4 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Myunxenning "Bavariya" jamoasi to‘rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi.

Himoyachi Jyerom Boateng, yarim himoyachi Xavi Martines va hujumchi Tomas Myuller 2021 yilgacha, 34 yoshli ispaniyalik xavbek Xabi Alonso bilan esa 2017 yilgacha amal qiladigan yangi shartnomalar tuzilgan.

Qayd etish kerakki, Myuller bilan avvalgi shartnoma 2019 yilgacha tuzilgan, unga Yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar mavjud edi.

Ma'lumot uchun, "Bavariya" joriy mavsumda 16 turdan so‘ng 43 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi jamoa "Borussiya D" 5 ochkoga ortda qoldirilmoqda. Shuningdek, myunxenliklar YeChLda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Jamoa fevral oyida nimchorak final o‘yinini "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.

Top