07:52 / 18.12.2015
3248

BMT Xavfsizlik kengashi IShIDning neft savdosi hisobiga moliyalashtirilishiga chek qo‘ymoqchi

Fransiya moliya vaziri Mishel Sapen Xalqaro fransuz radiosiga bergan intervyusida IShIDning neft savdosi hisobiga moliyalashtirilishiga chek qo‘yish zarurligini aytdi.

Uning aytishicha, jangarilar nazorat qilayotgan neft obektlariga zarba berish IShID moliyalashtirilishini tugatishning eng samarali usuli hisoblanadi.

Sapenning fikricha, IShID kabi yirik terrorchilik guruhi bilan bir qatorda kichkina guruhlarga ham mablag‘lar kelishiga qarshi kurashish lozim.

Vazirning ta'kidlashicha, bunday trafikning mavjudligining o‘zi choralar qabul qilish majburiyatini qo‘yadi.

Avvalroq AQSh moliya vazirining terrorchilikka qarshi kurash va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Adam Shubin Turkiya va Suriya IShIDdan neft sotib olayotganini aytgandi.

Top