21:19 / 18.12.2015
5344

Google eng ko‘p qidirilgan dizaynerlar nomini ma'lum qildi

Google kompaniyasi yilga yakun yasab, 2015 yilda internetda eng ko‘p qidirilgan dizaynerlar nomini ma'lum qildi. Bu ro‘yxatda 1-o‘rinni Raf Simons egalladi, u oktabr oxirida Dior modalar uyi kreativ direktori lavozimini tark etdi. Ommabop modelerlar ro‘yxati Vogue britan jurnali saytida chop etildi.

Eng ommabop modelerlar o‘ntaligiga Karl Lagerfeld, Kristian Lakrua va Tommi Xilfiger kirdi. Bundan tashqari, nashr moda haqida eng ko‘p so‘ralgan savollar ro‘yxatini keltirdi. Aniqlanishicha, foydalanuvchilarni ko‘proq poshnali tuflilarda qanday to‘g‘ri yurish, jinsilarda qanday qilib teshik hosil qilish va agar to‘y o‘rmonda o‘tsa, nima kiyish kerakligi haqidagi ma'lumotlar qiziqtirgan.

Eng muhokama qilingan mavzular qatorida, shuningdek, internetni ikkiga bo‘lgan ko‘ylak ham bo‘ldi: foydalanuvchilarning bir qismi bu ko‘ylakni oq-oltin rangda, boshqa qismi esa ko‘k-qora rangda deyishgan. Bir necha kunlik bahs-munozaradan keyin ko‘k-qora ko‘ylak bo‘yicha qidiruv ko‘proqni tashkil qildi.

Global borada, eng muhokama qilingan mavzular Parijdagi teraktlar, migratsiya masalasi, Nepaldagi zilzila va AQShda bir jins vakillarini nikoh qurishiga taqiqlovning bekor qilinishi bo‘ldi. Eng ko‘p muhokama qilingan odam o‘z jinsini o‘zgartirganini e'lon qilgan, Kim Kardashyanning o‘gay otasi Bryus Jyenner bo‘ldi. U o‘z ismini Keytlin Jyenner deb, ayollar ismiga o‘zgartirgan.

Top