08:38 / 18.12.2015
5237

Kemeron Mourinoga Angliyada yangi ish uchun 740000ta variant taklif qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Joze Mourinoning "Chelsi" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. U bu haqida eshitganidan so‘ng afsusga tushgan va mamlakatda uning uchun boshqa ish topilishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda ITV telekanali jurnalisti Kris Ship o‘z tvitterida yozgan.

"Bosh vazir hamisha kimdir o‘z ishini yo‘qotsa qayg‘uga tushadi. Ayni vaqtda statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 740 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud", deyilgan Kemeronning matbuot xizmati xabarida.

"Chelsi" 17 dekabr kuni ikki tomonning roziligi asosida Joze Mourino bilan hamkorlikning tugatilgani haqida ma'lum qildi.

Angliya chempionatining 16 turidan keyin "Chelsi" 15 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinda turibdi.

57 yoshli bu mutaxassis 2004 yildan 2007 yilgacha ham jamoani boshqargandi. U 2013 yilda Londonga qaytdi va o‘tgan mavsumda "Chelsi"ga Angliya chempionati va Liga kubogida g‘oliblikni olib berdi.

Top