11:14 / 18.12.2015
3704

Liviya hukumati o‘z hududidan AQSh harbiylari olib ketilishini talab qildi

AQSh tomonidan Liviya hududiga joylashtirilgan maxsus harbiy xizmatchilar guruhi mamlakatni zudlik bilan tark etishi kerak. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.


"Amerikalik harbiylar 14 dekabr kuni Liviyaga keltirilgandi. Ular Liviya milliy armiyasi bilan qalin aloqalarni ta'minlashi nazarda tutilgandi. Ular Liviyaga yetib borganidan keyin mahalliy hukumat ularning ortga qaytarilishini talab qildi.

Ziddiyat paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida bu talabni bajardik", degan Pentagon vakili. Uning aytishicha, harbiylar Liviya hukumatining roziligi bilan jo‘natilgandi.

Top