16:30 / 18.12.2015
5486

Qirg‘iziston bosh vaziri aholini go‘sht o‘rniga loviya yeyishga chaqirdi

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, Qirg‘iziston aholisida vitaminlar yetishmovchiligi kuzatiladi, lekin, shunga qaramay, qirg‘izistonliklar meva va sabzavotlarni ko‘proq iste'mol qilish o‘rniga ularni chiritib o‘tiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev 18 dekabr kuni o‘tgan davra suhbatida aytib o‘tdi.

Tadbir yosh bolalarning hayotini saqlab qolish borasidagi yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan edi.Misol tariqasida Sariyev loviyani esga oldi.

“Go‘sht bilan qiyoslaganda loviya 10 barobar arzonroq, ammo o‘sha oziq xususiyatlariga ega, lekin biz undan foydalanmaymiz. Yoshlikdan ko‘proq loviya yeyish ko‘nikmasini hosil qilish, uni milliy taomlarimizga moslashtirish lozim”, - deb uning so‘zlarini keltiradi AKIpress.

Top