00:06 / 18.12.2015
4379

Ramon Kalderon: Mourino "Real"ga qaytishi mumkin

"Real" jamoasining sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Chelsi"dan iste'foga chiqarilgan Joze Mourino madridliklar boshqaruviga qaytishi mumkinligini aytib o‘tdi.

"Mourino "Real" sari ancha yaqinlashdi", deb yozadi tvitterida Kalderon.

"Vaziyatning bir necha jihatlari oydinlashtirilsa, u Madridga qaytadi. Bu faqat mening fikrim. Men hech kim bilan bu haqda gaplashmadim. Lekin vaziyat shunga qarab ketmoqda.

Peres uchun bu yaxshi yangilik hisoblanadi. Axir hozir jamoada murabbiy bilan bog‘liq jiddiy muammo bor. U Mourinodan yaxshiroq nomzodni topa olmaydi", - deydi Kalderon.

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi

Mourinoning hayotidagi eng yomon mavsum. Uning haydalishiga kimlar sababchi bo‘ldi?

Mourino Buyuk Britaniyani tark etishga shoshilmayapti

Top