12:03 / 18.12.2015
5811

Ravshan Ermatov yil hakami nomiga da'vogarlik qilmoqda

Globe Soccer Awards matbuot xizmati yil hakami nomiga da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Yil hakami nomiga da'vogarlar orasida Ravshan Ermatovdan tashqari Junayt Chakir, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama, Norbert Xauata nomlarini ko‘rish mumkin.

2014 yilning eng yaxshi hakami uchun mukofot italiyalik Nikola Ritstsolliga topshirilgandi.

Globe Soccer Awards sovrinlari 27-28 dekabr kunlarida BAAda topshiriladi. Unga ko‘ra 17 nafar hakam tomonidan eng yaxshi deb topilgan futbol hakami, futbolchi, jamoa, futbol agenti va murabbiylar taqdirlanadi.

2015 yilgi Globe Soccer Awards sovrini uchun da'vogar futbolchilar: Janluiji Buffon («Yuventus»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

Top