11:07 / 18.12.2015
2202

Si Tszinpin o‘qigan universitetda yong‘in chiqdi

Xitoyning Pekin shahridagi Tsinxua universitetidagi kimyoviy labarotoriyada yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi halok bo‘lgan.

«Sinxua» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa binoning ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Hodisaning foto va videotasvirlari internetda tarqalgan. Ularda binoning yuqori qismi qora tutun ichida qolganini ko‘rish mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, 1911 yilda qurilgan Tsinxua universiteti Xitoyning eng old oliygohlaridan biri bo‘lib, uning bituruvchilari orasida Xitoyning oxirgi ikki rahbari Xu Tszintao va Si Tszinpinni ko‘rish mumkin.

Top